Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida joylashgan Xitoydagi eng katta “Id Kax” nomli masjidning imomini o‘ldirgani uchun ikki kishi o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda China Daily gazetasiga tayanib “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
18 yoshli Ayni Ayshan mahalliy terrorchilik tashkilotini tuzgan va uni boshqargan, shuningdek, uning ikki sherigi Nurmemet Abidili va Atavula Tursun ham guruh tarkibiga kirgan, deb ma’lumot berdi Qashg‘ar xalq sudi. Tursun jinoyatdagi ishtiroki uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan.
2014-yil iyul oyida guruh bomdod namozi vaqtida sovuq qurol bilan imomga hujum qilgan edi. Qo‘lga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatgan guruhning ikki a‘zosiga o‘q uzilgan, uchinchisi esa qo‘lga olingan.
Uyg‘urlar va xanlardan tashqari yana 40 dan ortiq millat vakillari yashaydigan Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyati Xitoyning eng notinch hududlaridan hisoblanadi.
Izoh (0)