“Parol” nashri 27-sentabr holatiga ko‘ra Toshkent shahridagi “Abu Saxiy” bozorida sotilayotgan eng qimmat smartfonlarning narxini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu bozordagi eng qimmat smartfon 1 800 000 so‘mdan sotilayotgan Samsung Galaxy S5 smartfoni bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Galaxy S5 smartfonida 5,1 dyuymli displey, 2 Gb tezkor va 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 16 Gb ichki xotira, 2 megapikselli old va 16 megapikselli orqa kamera, 2,5 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 801 protsessori, 2800 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan.
“Abu Saxiy” bozorida sotilayotgan eng qimmat smartfonlarning narxlari va ular haqidagi ma’lumotni “Parol” nashrida batafsil o‘qishingiz mumkin. Shuningdek, “Parol” nashri 27-sentabr holatiga ko‘ra “Abu Saxiy” bozorida sotilayotgan eng arzon smartfonlar narxlarini ham e’lon qildi.
Nashrning ta’kidlashicha, “Abu Saxiy” bozorida Apple smartfonlari sotuvda umuman yo‘q. Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan Apple qurilmalarining 13-sentabr holatiga ko‘ra narxlari bilan ushbu maqolada tanishsangiz bo‘ladi.
Izoh (0)