Hilton xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga qarashli International Hotel Tashkent mehmonxonasini o‘z boshqaruviga oladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Hilton tarmog‘i va O‘zbekiston TIAISV dastlabki kelishuvga erishgan. Yakuniy shartnomani esa tomonlar joriy yilning oxiriga qadar imzolashni rejalashtirmoqda.
International Hotel Tashkent poytaxtdagi besh yulduzli mehmonxona hisoblanadi va 232 ta xona, jumladan 21 ta lyuks xonaga ega. Avval mehmonxonani boshqargan InterContinental Hotels Group kompaniyasi 2012-yil may oyi oxirida O‘zbekiston bozorini tark etgan edi.
Izoh (0)