Kuni kecha Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 20 dan ortiq davlatning eng iste’dodli xonandalari jonli ijro mahoratini namoyish etadigan mazkur festivalda bu yil Otabek Muhammadzohid ham O‘zbekiston sharafini himoya qiladi, deb xabar bermoqda san’atkorning matbuot kotibi Shahnoza Tojiddinova.
Otabek Muhammadzohid festivalda o‘zining “Mayli telba denglar”, “Qandoq go‘zal” nomli qo‘shiqlarini jonli ijro etadi. Shuningdek, u “Qandoq go‘zal” taronasining turk tili va musiqasidagi variantini ham kuylaydi. Mazkur qo‘shiqning matni va musiqasiga xonandaning o‘zi mualliflik qilgan.
Tadbir tashkilotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, shu bilan bir qatorda, jahondagi barcha qo‘shiqchilik uslublarini o‘zaro xalqlar o‘rtasida yuksaltirishdir.
Izoh (0)