Afg‘oniston sudi yetti nafar fuqaroni to‘rt ayolni zo‘rlagani uchun o‘lim jazosiga mahkum etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Agence France-Presse’ga asoslanib.
Hodisa 23-avgust kuni sodir bo‘lgan. To‘rt ayol Qobul tashqarisida bo‘lgan to‘ydan shaharga qaytayotgan bo‘lgan. Ularga politsiya formasini kiyib olgan yetti nafar qurollangan kishilar hujum qilgan. Ularning barchasi to‘rt ayolni o‘g‘irlab ketish, talash va zo‘rlashda aybdor deb e’lon qilindi. Ayollardan biri homilador bo‘lgan. Keyinroq jinoyatchilar jabrlanuvchilar tomonidan tanib olindi.
Voqea omma orasida keng tarqaldi va milliy norozilikka uchradi. Zo‘ravonlik qurbonlarining tarafdorlari jinoyatchilarga nisbatan shafqatsiz choralar ko‘rilishini talab qildi.
Politsiyaning rasmiy vakillari aybdorlar politsiyachilar kiyimida bo‘lsa-da, aslida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bo‘lmaganini ta’kidladi.
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik keng tarqalgan, lekin u ko‘pincha uyda sodir bo‘ladi. “Ushbu hodisaning boshqalaridan farqli jihati shundaki, biz bu haqda xabar topdik. Bu yerda zo‘rlik biz bilganimizdan ko‘ra ko‘proq yuz beradi, biroq odamlar bu haqda hech kimga aytmaydi”, — dedi Human Rights Watch katta tadqiqotchisi Patritsiya Gossman.
Izoh (0)