O‘zbekiston mustaqilligining yigirma uch yillik bayrami arafasida Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yoshlar markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bugun mamlakatimizning qaysi hududiga bormang, albatta yangilanish va bunyodkorlik ishlarining ustidan chiqasiz, — deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati kengashi raisi Kozim Tojiyev. — Bu davlatimiz rahbari tomonidan uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona siyosat samaralaridir. Uchquduqda barpo etilgan ‘Kelajak’ yoshlar markazi ham tuman yoshlari uchun eng ulug‘, eng aziz bayramimizga munosib tuhfa bo‘ldi”.
Markazda yoshlar 13 yo‘nalishdagi to‘garaklar va “Yosh tadbirkorlar”, “Bunyodkor yoshlar”, “Zakovat” singari klublarda o‘z bilim va mahoratini oshirish, iste’dodlarini namoyon etish, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lib borish imkoniyatiga ega.
Bu yerda, shuningdek, Uchquduq tarixiga oid ko‘rgazmalar zali, zamonaviy tarzda jihozlangan sport zali, internet klub va elektron kutubxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh (0)