Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

29-avgust kuni Oliy Majlis Senati jinoyat protsessida jinoyatning oldini olish choralari sifatida uy qamog‘i institutini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunni ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Axborot” dasturiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: vtomske.ru

Foto: vtomske.ru

“Uy qamog‘i dastlabki tergov bosqichida gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining o‘z turar joyi chegarasida, jamiyatdan to‘liq izolyatsiya qilinmagan holda erkinligi cheklanishini ko‘zda tutadi”, — dedi senator Yelena Borisova.

Uy qamog‘ining joriy etilishi qamoqda saqlash kabi chorani qo‘llash amaliyotini kamaytiradi va jinoyat sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reintegratsiyalashuvi, ularning oilalarini va salomatliklarini saqlab qolish uchun qulay sharoit yaratishi kerak.

Jinoyatning oldini olish bo‘yicha qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa choralardan farqli ravishda, uy qamog‘i kelajakdagi jinoiy faoliyat hamda jinoiy ish bo‘yicha adolat o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilishga urinishlarning oldini olishda samarali natija beradi.

Senatorlarning ta’kidlashicha, yangi qonun xalqaro tajriba va mamlakatimiz mentalitetiga to‘g‘ri keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi