Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlari har qanday, shu bilan birga tashkilotga a’zo mamlakatlar tashqarisidagi, jumladan Ukrainadagi murakkab operatsiyalarga ham tayyor. Biroq bu haqda unga a’zo mamlakat yetakchilaridan iborat Kollektiv xavfsizlik kengashi qaror chiqaradi, deya bayonot berdi KXShT bosh kotibi Nikolay Bordyuja.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“RIA Novosti” yozishicha, Ukraina janubi-sharqidagi vaziyat so‘nggi kunlarda keskin yomonlashdi. Jangovar harakatlar ishtirokchilari o‘rtasida ham, tinch aholi orasida ham yuzlab qurbonlar qayd etilmoqda. O‘tgan yakshanba kuni “Donetsk xalq respublikasi” bosh vaziri Aleksandr Zaxarchenko kuchlar qarshi hujumga o‘tganini aytdi. Yaqinda esa ayirmachilar ukrain qo‘shinlari va Milliy gvardiya guruhi Donetsk va Luganskda bir butun holda harakatlanishdan to‘xtaganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarshi hujum borasida reja ishlab chiqilganini e’lon qildi.

“KXShT tinchlikparvar kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar yaxshi tayyorgarlikka ega hamda barcha zarur qurol-yarog‘lar va texnika vositalari bilan ta’minlangan. Ularning tinchlikparvarlik vazifalarini hal qilish qobiliyatlari yuqori darajadadir”, — dedi Bordyuja, Ukraina sharqidagi nizolarda odamlar qirilishiga chek qo‘yish uchun KXShT tinchlikparvarlaridan foydalanish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.

“Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kuchlaridan foydalanish imkoniyati tashkilotning Kollektiv xavfsizlik kengashiga tegishli alohida huquqdir. Ularning mavjud kelishuvlar asosidagi birgalikdagi qarori bilan tinchlikparvar kuchlari tashkilotga a’zo mamlakatlar hududida ham, ulardan tashqarida ham ishga solinishi mumkin”, — deya eslatdi Bordyuja.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi