Hozirda Samarqand avtomobil zavodi yangi zamonaviy tez yordam avtomobillarini yaratish ustida ishlamoqda. Mazkur mashinalar butun dunyoda foydalanilayotgan reanimobil yoki jarrohlik ambulatoriya (davolash-profilaktika muassasa)sini yodga soladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Reanimobilning oddiy tez yordam mashinalaridan farqli jihati shundaki, u muolajalarini olib borish uchun barcha kerakli dori-darmon va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, yangi avlod avtomobillarining tomini ko‘tarilgani sababli shifokor turgan holda yordam ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.
Reanimobilning kuchli motori avtomobillar oqimida tez harakatlanishga ko‘mak beradi. Yana bir ahamiyatli jihati, reanimobilda shifoxonaga bir vaqtda ikki bemorni yetkazish mumkin.
Qozog‘istonda shunga o‘xshash Hyundai asosida mahalliy korxonalarda yig‘ilgan avtomobillar ikki yil avval foydalanishga topshirilgan.
“SamAvto” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur avtomobillarni yaratish ishlari hozircha yakunlangan emas. Biroq internetda prototip hisoblangan yangi mashinaning rasmlari paydo bo‘lgan bo‘lib, avtomobillar mazkur nusxa asosida yaratiladi.
Izoh (0)