Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi Xitoydan yil oxirigacha yana o‘nta elektrovozlar sotib olmoqchi. Bu haqda “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” Davlat inspeksiyasi axborot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Ikki yil avval sotib olingan O‘ZEL elektrovozlari seriyasi yo‘l sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va bugungi kunda yuk tashuvlariga maksimal darajada jalb etilgan”, — dedi axborot xizmati rahbari Allambergan Kalimbetov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning oxirigacha temir yo‘l kompaniyasi ana shu seriyadagi yana o‘nta elektrovozlarni sotib oladi.

O‘ZEL turkumidagi yuk elektrovozlarining yo‘lga qo‘yilishi kompaniya uchun sezilarli darajada texnik-iqtisodiy samara beradi. Jumladan elektrovozni ta’mirlash ishlaridagi mehnat 25%, mahsulot sarf-xarajati 40%, elektr energiyasi xarajatlari 10 foizga qisqardi. Tashiladigan poyezdlarning og‘irligi esa 12 foizga oshdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak