Jahongir Poziljonov jiddiy mavzuni hazil tariqasida qo‘shiq qilib kuyladi. Barcha hayotiy haqiqatlar mujassam qo‘shiq va klip premyerasi muxlislar e’tiboriga havola etildi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
“To‘rtta qizim sog‘inib” deya nomlangan qo‘shiq aslida otalik baxti haqida. Taronada o‘g‘il farzandni qizdan ustun ko‘ruvchi otalar mavzusi jarang sochadi.
Qizmi, o‘g‘ilmi, u — farzand. Farzand esa har bir inson uchun oliy ne’matdir. Bu boradagi hayotiy xulosalar qo‘shiqda o‘z aksini topgan.
Videoda “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoasi, shuningdek, Jahongir Poziljonov va Javlon Shodmonovning qizlari ishtirok etgan.
Barchaga birdek ma’qul keladigan klipda Rossiya shou-biznesida xitga aylangan qo‘shiq va uning klipiga tayyorlangan parodiyani ham tomosha qilish mumkin. Bu esa kayfiyatning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Asosiy yechim va asosiy xulosa klip so‘nggida namoyish etiladi.