Sizning kelajakdagi smartfoningiz displeyi sovuq yeganingiz haqida xabar berishi yoki DNK tahlilini amalga oshirishi mumkin. Bu haqda Mashable nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Polytechnique Montreal va Gorilla Glass ishlab chiqaruvchisi Corning kompaniyasi tadqiqotchilari maxsus sensorlar o‘rnatiladigan displey loyihasi ustida ishlamoqda.
Sensorlar smartfon displeyi ostiga o‘rnatiladi va insonning tana harorati aniqlaydi, diabeti borlar uchun qon tahlilini amalga oshiradi.
Bunday displeylar Apple kompaniyasi taklif etayotgan HealthKit dasturiga o‘xshash dasturlar yordamida ishlaydi.
Izoh (0)