FIFA referisi Ravshan Ermatov brigadasiga FIFA tomonidan medallar berilgani haqidagi xabarlar medalning “oltin”ligi aytilgani holda turli OAVlarida boshqacha talqin qilingan. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
FIFA, haqiqatan ham, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga Jahon chempionati medalini bergan.
Ravshan Ermatovning O‘FF matbuot xizmatiga xabar berishicha, Jahon chempionatida hakamlik qilish huquqini qo‘lgan kiritgan barcha hakamlarga mundialdagi ishtiroki uchun esdalik sifatida maxsus suvenir berilgan. Uning final uchrashuvi hakamlariga beriladigan medalga umuman aloqasi yo‘q.
Jahon chempionati finalini boshqargan hakamlar brigadasi esa alohida oltin medallar bilan taqdirlangan.
Izoh (0)