Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zoryan Shkiryak NATOni mamlakat sharqida zudlik bilan harbiy operatsiya boshlashga chaqirdi. Bu haqda “Kun” xabar berdi.
IIV rahbari maslahatchisi ushbu bayonotni Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida Malayziyaning “Boing-777” yo‘lovchi samolyoti qulaganidan so‘ng berdi.
“AQSh zudlik bilan bizga zamonaviy qurollar taqdim etishi va havodan qo‘llab-quvvatlashi, NATO esa quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshlashi kerak”, — deb yozdi Shkiryak Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni qulagan Malaysia Airlines’ga tegishli samolyot bortida 280 nafar yo‘lovchi va ekipajning 15 nafar a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)