Samarqand viloyatining Toyloq tumanida istiqomat qilgan Shohida T.ning murdasi bosh qismida ko‘plab jarohatlar bilan Samarqand shahri hududidan topildi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.
Tezlikda jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Shohidaning barcha qarindoshlari va qo‘shnilari so‘roq qilindi. Tezkor qidiruv ishlari natijasida jinoyatga Shohidaning ishsiz qizi — Inoyat P.ning aloqasi borligi aniqlandi.
“Na postu” gazetasida qayd etilishicha, Inoyat birinchi tergovdayoq aybini bo‘yniga olgan. Qizning aytishicha, Shohida ona-bola o‘rtasida bo‘lgan janjalning qurboniga aylangan.
Izoh (0)