Google aqlli soatlar uchun Google Camera dasturini yangiladi. Endilikda aqlli soat yordamida smartfon yoki planshet kamerasidan foydalanib suratga olish mumkin. Bu haqda Mashable xabar berdi.
Aqlli soat yordamida suratga olish uchun, unga dasturni o‘rnatish va smartfon yoki planshetdagi Google Camera dasturini ochish kerak. Shundan so‘ng aqlli soat monitorida suratga olish tugmasi paydo bo‘ladi. Olingan surat esa aqlli soat monitorida ko‘rinadi.
Bu dastur yordamida suratga olish, ayniqsa selfi suratlar olish ancha qulay bo‘ladi, deyiladi xabarda. Xabar muallifiga bu dastur yoqqan va u Instagram hamda Vine kabi tarmoqlar ham aqlli soat bilan bog‘lana olish funksiyasini ishlab chiqarishiga umid bildirgan.
Izoh (0)