Samsung, Dell va Intel kabi yirik ishlab chiqaruvchilar aqlli uy gadjetlarini standartlashtirish ustida birlashmoqda. Bunda aqlli uydagi termostat, muzlatgich kabi buyumlarni bir-biri bilan bog‘lana oladigan qilish uchun umumiy qoidalar ishlab chiqiladi. Bu haqda Mashable nashri xabar berdi.
Loyihada Microsoft, LG, Panasonic, Sharp va Qualcomm kabi jami 51 elektronika va dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanuvchi kompaniya yordamidan foydalaniladi.
Masalan, hoizr Samsung muzlatgichi Sony televizori bilan “gaplasha” olmaydi. Chunki har bir kompaniya gadjetlarida boshqa kompaniyanikiga o‘xshash bo‘lmagan dasturlardan foydalanadi. Standartlashtirish natijasida esa barcha kompaniyalarning buyumlari birgalikda aqlli uy hosil qiladi va ular bir-biri bilan bemalol bog‘lana oladi.
Izoh (0)