Dunyodagi eng baland suvli tepalikdan tushuvchi attraksion AQShning Kanzas-Siti shahrida 10-iyul, payshanba kuni ochiladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar qiladi.
Verrückt (“Aql bovar qilmaydigan”) deb nom olgan attraksion 2014-yil may oyida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Balandligi 17 qavatli uyga teng bo‘lgan tepalikdan qayiqchaning pastga uchib tushish tezligi soatiga 100 kilometrni tashkil etadi. Uning har bir qayiqchasida uch nafar odam o‘tirishi mumkin.
Izoh (0)