8-iyul, seshanba kuni Nyu-York politsiyasi 20 yoshli Frenki Debbsni 10 oylik qizalog‘ini metroga tashlab ketgani uchun hibsga oldi, deb xabar beradi “ITAR-TASS” mahalliy OAVlar ma’lumotiga tayanib.
Qizaloq dushanba kuni Manxetten markazidagi Columbus Circle metro bekatiiga tashlab ketilgan. Politsiyachilar so‘ziga ko‘ra, poyezd platformaga yaqinlashganda Debbs bolasi yotgan aravachani olomon ichiga itarib, o‘zi yo‘lida davom etgan. Tashlandiq aravachadagi bolakayni ko‘rgan bekatdagi yo‘lovchilar politsiyaga murojaat qilgan.
Bir necha soatdan so‘ng kuzatuv kameralari yordamida Debbsning shahar kafelaridan birida o‘tirgani aniqlandi. Ayolning aytishicha, qizaloqning otasi vafot etgach, Debbs farzandiga g‘amxo‘rlik qila olmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqeada jabr ko‘rmagan qizaloq vasiylik organlariga topshirildi.
Bolaning hayoti va salomatligini xavf ostiga qo‘ygani uchun Debbsga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Politsiyachilar ta’kidlashicha, Debbs bundan avval ham qonunni buzgan: 2012-yilda u marixuana saqlagani uchun hibsga olingan.
Izoh (0)