AQSh prezidenti Barak Obama va Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina sharqidagi ayirmachilarga ta’sir etishga chaqirdi. Bu haqda Yelisey saroyi bayonotida so‘z boradi.
“Ular (Fransiya va AQSh prezidentlari) prezident Putinni ayirmachilarga bosim o‘tkazishga, ularni Ukraina hukumati bilan muloqotga kirishishga ko‘ndirishga, shuningdek, Rossiya—Ukraina chegarasidagi nazoratni kuchaytirishga chaqirdi”, — deyiladi kommyunikeda.
“Kun”ning yozishicha, Fransiya va AQSh davlat rahbarlari o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun eng qisqa muddatlarda uchrashuv o‘tkazilishi juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etib o‘tgan.
“Ukraina inqirozining uzoq istiqboldagi hal etilishi faqat siyosiy yo‘l bilan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Olland va Obamaning qo‘shma bayonotida.
Bundan tashqari, Fransiya va AQSh prezidentlari asirlarni ozod qilish zarurligiga ham e’tiborni qaratgan.
Izoh (0)