“Manchester Yunayted” futbol klubi 2014 — 2015-yilgi mavsum uchun o‘zining yangi formasini namoyish qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berilgan.
Klubning yangi formasida Chevrolet belgisi aks ettirilganini ko‘rish mumkin.
Futbolka dizayni “Manchester Yunayted”ning XX asr boshlarida kiygan libosini eslatib, yoqaning orqa qismi ichiga — “Yoshlik, Jasorat, Buyuklik” (Youth, Courage, Greatness) deb yozilgan.
“Manchester Yunayted” klubi yangi formada ilk bor 23-iyul kuni Amerikaning “Los-Anjeles Gelaksi” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)