AQShning Ogayo shtatidagi restoran mijozlaridan birining shikoyatiga binoan Kelli Kirsten Facebook’da choychaqa kamligidan noligani uchun ishdan bo‘shatildi, deya “RIA Novosti” xabar berdi.
Toledo shahrining axborot portalida qayd etilishicha, ofitsiant qiz ustidan shikoyat qilgan mijoz Kellining ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlaridan ekan.
Ish beruvchi ofitsiant qizning mijozlarni kamsitganligi uchun bo‘shatilganini aytmoqda.
Kelli Kirstenning o‘zi esa juma kuni ayrim mijozlarning katta mablag‘ga ovqatlanib, choy puli uchun atigi 5—6 dollar ajratganidan jahli chiqib, ularga norozilik bildirgani, lekin hech kimni kamsitmaganini ta’kidlamoqda.
Restoran menejerlari talabidan so‘ng choychaqa kamligi haqidagi xabar Facebook’dan o‘chirildi.
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar AQSh Konstitutsiyasida qayd etilgan so‘z erkinligini yodga solayotgan bo‘lsa, ayrimlar jazoning oshirib yuborilganidan hayron bo‘lmoqda. Foydalanuvchilarning bir qismi esa Kellining xatti-harakati aql bilan qilingan ish emasligini aytmoqda.
Izoh (0)