3-iyul, payshanba kuni Ukrainaning janubi-sharqidagi Kramatorsk shahrida artilleriya otishmalari bo‘lib o‘tdi. Otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqini jarohatlandi, deb xabar berdi Euronews “ITAR-TASS” ma’lumotiga tayanib.
Bir necha kun avval xabar berilganidek, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning yarash rejimini bekor qilishi otishmalar kuchayishiga olib keldi.
“Donbassenergo” kompaniyasining axborot xizmati Slavyansk issiqlik elektr stansiyasining artilleriya otishmasi tufayli harobaga aylangani haqida xabar berdi.
Izoh (0)