Avstriyada yig‘in o‘tkazayotgan “Krasnodar” klubi kecha Shotlandiyaning 45 karra chempioni “Seltik” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. O‘yinda Shotlandiyaning amaldagi chempioni 3:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda “Olamsport” xabar qildi.
Rossiya klubi safidagi yagona golga Odil Ahmedov mualliflik qildi. U 20-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan so‘ng to‘pni egallab olib jarima maydoniga kirib bordi va sovuqqonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Endi “Krasnodar” Rossiyaga qaytadi va uch kunlik tanaffusdan so‘ng yana Avstriyaga ikkinchi yig‘inni o‘tkazish uchun boradi.
Izoh (0)