To‘qqiz yillik turmushdan so‘ng Britaniya taxti merosxo‘ri shahzoda Charlz ikkinchi rafiqasining talabi asosida u bilan ajrashishga qaror qildi, deb xabar berdi International Business Times Angliyaning Globe nashriga asoslanib.
66 yoshli Kamilla Parker-Boulz 65 yoshli turmush o‘rtog‘idan undirmoqchi bo‘lgan aliment miqdorini aytdi.
U ajrashish sabablari hamda qirollik oilasiga oid sirlarni hech kimga oshkor qilmaslik uchun shahzoda Charlzdan 200 million funt sterling (350 million AQSh dollari) talab qildi.
Qirolicha farzandining Kamilla Parker-Boulz bilan ajrashish fikrini ma’qulladi. Biroq aliment to‘lashdan bosh tortmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shahzoda Charlz va Kamilla Parker-Boulz 2005-yil turmush qurgan. Bu nikoh shahzoda uchun ham, Kamilla uchun ham ikkinchisi.
Izoh (0)