Amerikadagi yirik chakana savdo tarmog‘i — Walmart o‘z do‘konlarida iPhone 5s hamda iPhone 5c smartfonlarining narxlari tushib ketayotgani haqida xabar berdi, deb yozadi Mail.Ru.
Qurilmalarning arzonlashishidan shuni bilish mumkinki, Apple yangi iPhone 6 smartfonining taqdimotiga hozirlik ko‘rmoqda. Yangi Apple smartfonining sotilishiga esa bor-yo‘g‘i 3 oy muddat qoldi. Shu bois haridorlar yangi rusumdagi smartfonni kutib, eskilarini sotib olishga kirishmayapti.
Bloomberg agentligining tasdiqlashicha, yangi Apple smartfonlari ancha ingichka hamda burchaklari aylana shaklida bo‘ladi. iPhone 6’ning ikki xil displeyga ega turi (4,7 va 5,5 dyuym) ham xuddi iPhone 5s kabi – oq, kulrang va tillarangda bo‘ladi. Unda kam quvvat sarflovchi A8 protsessori o‘rnatiladi va u yaqinda taqdim etilgan iOS 8 operatsion tizimida ishlaydi.
Izoh (0)