Yaponiyaning shimoliy qismidagi poyezd yo‘lovchilari endi chiptalar o‘rniga KitKat shokoladlari bilan sayohat qilishlari mumkin. Bundan asosiy maqsad — mamlakatning uch yil avval sunami oqibatida zarar ko‘rgan qismida turizmni qayta rivojlantirish. Birinchi marotaba Yaponiya temir yo‘l kompaniyasi yo‘lovchilarga shokolad orqali poyezdga chiqish imkonini bermoqda. Ushbu aksiya 2015-yil may oyiga qadar davom etadi, deya xabar beradi Nestlé kompaniyasi.
Nestlé va Sanriku temir yo‘l kompaniyasi hamkorligida poyezd va bekatlarga gilos gullarining surati tushirildi. Bu 2011-yilda sodir bo‘lgan zilziladan qayta uyg‘onish ma’nosini anglatadi.
NBC News’ning xabar berishicha, Sanriku temir yo‘l yo‘lovchilari KitKat shokoladlarini oddiy chiptalarga nisbatan arzonroq narxda sotib olish imkoniyatiga egalar. Yo‘lovchilar ushbu mahsulotni 108 yen (2450 so‘m)ga xarid qilib, 190 yen (4300 so‘m) lik yo‘l haqini to‘lash uchun ishlatishlari mumkin. Nestlé har bir sotilgan mahsulotdan 20 yen (450 so‘m) ini qayta ta’mirlash ishlari uchun in’om qiladi.
Ma’lumot uchun, Yaponiyada omad ramzi sifatida KitKat ulashish urfga kirgan, sababi, ushbu mahsulot belgisining nomi yaponcha “Kitto-Katsu” — “sen albatta g‘olib bo‘lasan” degan ma’noni anglatadi.
Izoh (0)