Kecha, 18-iyun kuni O‘zbekiston kubogida chorak finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va yarim finalda ishtirok etadigan to‘rtta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Oliy ligada yuqori to‘rtlikni egallab turgan jamoalar final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradigan bo‘ldi, deya xabar berdi Stadion.uz.
Yarim finalda muxlislar “Lokomotiv”—“Paxtakor”, “Nasaf”—“Bunyodkor” to‘qnashuviga guvoh bo‘ladi. O‘yinlar 26—27-iyun (dastlabki o‘yinlar) hamda 30-iyun va 1-iyul (javob uchrashuvlari) kunlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Kubogi yarim final bosqichining “uy-safar” tartibini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlanadi.
Izoh (0)