Har doim sho‘x taronalari bilan muxlislarining qalbini zabt etib kelayotgan xonanda Munisa Rizayeva ayni kunlarda ikkita qo‘shiq tayyorlamoqda, deb xabar berdi Popcorn.uz.
Biri sho‘x, ikkinchisi esa sokin yo‘nalishda ijro etilgan qo‘shiqlar tez kunlarda premyera qilinadi. Sokin taronaning so‘zi va musiqasi Eldor Qayumovga tegishli. Aranjirovkani esa Botir Aliyev tayyorlamoqda. Muhabbat mavzusidagi qo‘shiqning nomi hozircha sir tutilmoqda.
Ikkinchi sho‘x tarona Jasur Badalboyev hamkorligida tayyorlanmoqda.
Izoh (0)