Fransiyalik futbolchi Frank Riberi jarohati tufayli JCh—2014da qatnashmaydi
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frank Riberi belidagi jarohati tufayli Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Murabbiylar uning nomini qaydnomadan o‘chirdi. Bu haqda “Sport Ekspress”ga asoslanib Uff.uz xabar berdi.
Avvalroq, Fransiyaning yana bir futbolchisi – Kleman Grene musobaqani o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi. Ularning o‘rniga terma jamoaga “Monpelye”dan Remi Kabelya va “Sautgempton”dan Morgan Shneyderlin taklif qilindi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar