Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UEFA tashkiloti prezidenti Mishel Platini JCh—2022 musobaqasi mezbonini aniqlash borasidagi o‘zining ovozini Qatarga sotganligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabatini bildirdi. Bu haqda “Sport Ekspress”ga asoslanib Uff.uz xabar berdi.

Mishel Platini. Foto: 3news.co.nz

Mishel Platini. Foto: 3news.co.nz

Mishel Platinini ovoz berish jarayonlaridan avval Osiyo futbol konfederatsiyasi sobiq prezidenti qatarlik Muhammad bin Hammam bilan restoranda ko‘rishgan.

“Men hamkasbim bilan oddiygina nonushta qilgan edim, xolos. Ertalab uyqudan tursam, butun gazetalarda men haqimda yozishibdi. To‘g‘risini aytsam, bu menga og‘ir botdi. Ha, ovozimni Qatarga berganman va buni o‘shanda izohlaganman. Endi bo‘lsa meni poraxo‘rlikda gumon qilishmoqda. Buni kimlar qilayotganini ham bilaman”, — deya L’Equipe nashri Platini so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Shayxontohurda eng yuqori: Toshkentda uylarning ijara narxlari ketma-ket ikkinchi oy pasaydi
Mahalliy
O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaytirildi
Mahalliy
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi