2014-yilning 3-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi “O‘zbekkino” milliy agentligi ko‘magida tashkil etgan Yevropa kinosi festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik sayti xabar berdi.
Yevropa kinosi kunlari taniqli ispan kinorejissyori Pablo Berxerning “Qordek oppoq” filmi bilan ochildi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yuriy Shterkning qayd etishicha, O‘zbekistonda Yevropa kinosi festivali ikkinchi marta o‘tkazilmoqda va unda ishtirok etayotigan mamlakatlar soni 11 tagacha kengaydi. Ushbu festival har yili 9-may kuni nishonlanadigan Yevropa kuni doirasida tashkil etilmoqda.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi shu munosabat bilan bir qancha tadbirlar, jumladan, Yevropa parlamenti faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma va ochiq eshiklar kunini o‘tkazdi.
Yevropa kinosi festivali Toshkentdan tashqari, 4—8-iyun kunlari Samarqand va Buxoro shaharlarida ham bo‘lib o‘tadi va uch shaharda jami 13 ta Yevropa badiiy va animatsion filmi namoyish etiladi.
Izoh (0)