Portugaliya terma jamoasi shifokorlari hujumchi Krishtianu Ronaldu jarohat olganini tasdiqladi. “Real” futbolchisiga chap oyoq tizzasi to‘qimalarining yallig‘lanishi tashxisi qo‘yildi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ronalduning jarohatlangani haqida 29-may kuni e’lon qilingan. “Real” klubida esa futbolchining mushaklari bilan bog‘liq jarohat olgani to‘g‘risida ma’lum qilingan edi.
“Qirollik klubi”dagilar Ronaldu ushbu jarohati bilan Jahon chempionatida qatnashsa, ahvoli og‘irlashishi mumkinligidan xavotir olmoqda.
Izoh (0)