Beeline aloqa operatori binolardan birida yong‘in natijasida baza stansiyasi ishdan chiqqan Andijon viloyatining Marhamat tumanida aloqa xizmati tiklangani va barcha servislarning yangilanganligi haqida xabar berdi.
“Shanba kunidagi hodisa natijasida yong‘in ostida qolgan baza stansiyasi bilan birga 24 baza stansiyasi ishdan chiqdi. Mutaxassislarimiz alternativ yo‘llar orqali aloqa kanallarini yo‘naltirgan holda aloqani to‘liq hajmini tiklay oldi”, — dedi kompaniyaning texnik direktori Denis Kotlyarenko.
Eslatib o‘tamiz, Marhamatdagi Beeline’ning asosiy baza stansiyasi yong‘indan zarar ko‘rgan binoning tomida joylashgan edi.
“Bugungi kunda keng miqyosli o‘chib qolish oqibatlari to‘liq bartaraf etildi, va avval mavjud 24 baza stansiyadan 23 tasi ishlamoqda, — deydi Beeline’ning Sharqiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. — Ma’lum sabablarga ko‘ra, olovdan zarar ko‘rgan antennani ta’mirlashning iloji yo‘q, biroq uni almashtirish vaqtida zaxiradagi quvvatga ega qo‘shni stansiyalarga yukni taqsimlay oldik. Marhamat tumanining avvalgi qoplami to‘liq tiklandi”.
Izoh (0)