Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir necha ommaviy axborot vositasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdagi “Minor” qabristoni yaqinida barpo etilayotgan yangi masjid qurilishiga biznesmen Alisher Usmonov homiylik qilmoqda. Anhor.uz’ning xabar berishicha, bu yangilikni “16/12” telekanali ma’lum qilgan vu shundan so‘ng boshqa nashrlarda ham ushbu xabar tarqalgan.

Foto: anhor.uz

Foto: anhor.uz

Bu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Anhor.uz nashri Toshkent shahar hokimiyatiga murojaat qilgan.

“‘Minor’ qabristoni yaqinida barpo etilayotgan masjid qurilishining buyurtmachisi poytaxt hokimiyati qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisoblanadi. Bino loyihasi “Tashgiprogor” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan. Masjid loyihasi Toshkent shahar byudjetidan moliyalashtirilmoqda”, — deydi Shahar arxitekturasi va qurilishi boshqarmasi direktor o‘rinbosari Sobir Saidov.

Yuqoridagi xabarni qayta tekshirish uchun Anhor.uz Alisher Usmonov bilan bog‘langanida, biznesmen quyidagicha javob bergan:

“Men Toshkentdagi masjid qurilishida ishtirok etayotganim haqidagi tekshirilmagan va ishonchsiz ma’lumotlarni bir necha OAVdan eshitib hayron bo‘ldim. Men bu qurilishda qatnashmayapman. Agar menga qurilishda ishtirok etishimni so‘rab murojaat qilishsa, shunday muhim loyihaga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman”.

Shunday qilib, Alisher Usmonov Toshkent markazidagi masjid qurilishini moliyalashtirayotgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Bu gap-so‘zlar masjid qurilishining mutasaddisi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Mirabror Usmonov bilan Alisher Usmonov familiyadosh bo‘lgani tufayli paydo bo‘lgan, deb yozadi Anhor.uz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi