Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Kitob va Shahrisabz tumanlarining chekka qishloqlari — Komilon, Yuqori Maymanoq, Varganzadagi ta’lim va tibbiyot muassasalariga quyosh batareyalari o‘rnatildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi “2013—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Eko-energiya” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirildi.
— Quyosh batareyalarining o‘rnatilishi nafaqat biz, soha xodimlari, balki hudud aholisi uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi, — deydi Yuqori Maymanoq qishloq vrachlik punkti mudiri Sa’din Ashirov. — Zero, elektr energiyasi ta’minotining yanada yaxshilanishi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yuksaltirib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Izoh (0)