Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokistonlik huquq himoyachilari homilador yosh ayolning sevib turmushga chiqqani uchun qarindoshlari tomonidan toshbo‘ron qilib o‘ldirilganiga norozilik bildirib namoyishlar o‘tkazdi. Biroq ular ko‘pchilikni tashkil qilmadi, Pokiston aholisi hodisaga hozircha e’tiborsizlik bildirmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif politsiyaning bu ishga nima uchun zudlik bilan aralashmaganiga oydinlik kiritilishini talab qilmoqda. Ta’kidlash joiz, jinoyat Laxordagi sud binosi yaqinida sodir bo‘lgan.

Namoyishchilar “or-nomus qotilligi” deb atalayotgan toshbo‘ronda ishtirok etgan har bir kishi hibsga olinishini talab qilmoqda. Hozircha faqat bir kishi qo‘lga olingan.

Inson huquqlari bo‘yicha Pokiston komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili ayollarning bunday ko‘rinishda jazolanish hollari 869 tani tashkil etgan. Ko‘pchilik pokistonliklarning fikricha, ayol kishi mustaqil ravishda er tanlash huquqiga ega emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)