Xonanda Nilufar “Tantanam mani” (qo‘shiq nomi o‘zgartirishlarsiz keltirilgan — muharrir) taronasining davomini ijro etdi. “Yana tantana” deya nom olgan qo‘shiq duet tarzida kuylanib, ijrochilar Nilufar va Jahongir Poziljonov mazkur duetning premyerasi uchun “O‘zbegim taronasi” radiosiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Popcorn.uz.
Nilufar va Jahongir Poziljonov muxlislarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Suhbat jarayonida mazkur duetga videoklip suratga olish ham rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Hozircha klip g‘oyasi va kim bilan hamkorlik qilinishi haqida aniq qaror qilinmagan.
“Yana tantana” qo‘shig‘i matni va musiqa muallifi Eldor Qayumov bo‘lib, aranjirovkasini Botir Aliyev tayyorlagan.
Izoh (0)