“Ummon” guruhi yana bir yangi taronani muxlislari uchun hozirlab qo‘ydi. Guruh a’zosi Jasurning ma’lum qilishicha, yangi tarona “Sen kechir” deb nomlanadi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
Sokin yo‘nalishdagi “Sen kechir” taronasining musiqasi, matni va aranjirovkasi Zohid Rixsiyevga tegishli. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, guruh xonandasi Zohid har doim yangi g‘oya va qo‘shiq ustida doimiy izlanishda bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Popcorn.uz’ning ta’kidlashicha, qo‘shiqda armon bo‘lgan muhabbat va yigitning qizga ayta olmagan dil izhori tarannum etilgan.
Izoh (0)