Toshkentning Hamid Olimjon maydonidagi 18 qavatli turar-joy binolaridan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyidan olingan fotosuratlar Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan, deb xabar beradi Anhor.uz.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bino qoplamalari piyodalar yo‘lagiga tushgan. Yong‘in bo‘layotgan bino atrofi qurshab olingan.
Izoh (0)