Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreyaning harbiy kemasi Janubiy Koreyaning patrul kemasi tomon kamida bitta snaryad otdi. Bunga javoban, Janubiy Koreya bir necha quroldan baravariga o‘t ochish bilan javob berdi. Bu haqda “Kun” ma’lum qildi.

Arxiv. Foto: abendblatt.de

Arxiv. Foto: abendblatt.de

Hodisa Sariq dengizdagi Yonpxyondo oroli tomondagi dengiz chegarasi yaqinida sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Yonpxyondo oroli Janubiy Koreya nazorati ostida hisoblanadi. Biroq KXDR rahbariyati ham ushbu orolga o‘zini da’vogar deb biladi. Orol aholisi bungacha ham bir necha bor Seul va Pxenyan o‘rtasidagi nizolar sabab qurol bilan nishonga olingan.

Xususan, 2010-yili Yonpxyondo oroli shimolliklarning qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilgan va buning natijasida to‘rt nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan edi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Sport
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi