2014-yilning birinchi choragida Navoiy viloyatida 200 kichik biznes subyekti, barcha moliyalashtirish manbalari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali 122 yangi ishlab chiqarish obyekti ishga tushirildi, deb yozadi O‘zA.
Zarafshon shahridagi “Evronoti” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan 14 turdagi makaron mahsulotlari yuqori sifati va arzonligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan korxona soatiga 150 kilogramm mahsulot tayyorlash quvvatiga ega.
– Faoliyatimizni kengaytirish va rivojlantirishda bankdan olingan 160 million so‘mlik kredit muhim ahamiyat kasb etdi, – deydi korxona rahbari Jamshid Xidirov. – 2013-yilda ish boshlagan korxonamiz mahsulotlariga talab ortmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 11 million so‘mlik mahsulot aholiga yetkazib berildi. Ayni paytda bozor talabiga ko‘ra mahsulot turini ko‘paytirish, turli shirinliklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida ish olib bormoqdamiz.
Izoh (0)