O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilayotgan turnirning ikkinchi davrasida g‘alabaga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkinchi bosqichda avstraliyalik Jeyson Kublerni 3:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etgan Istomin chorak finalda dunyo tennis tasnifida 33-o‘rinda borayotgan Andreas Seppiga (Italiya) qarshi bahs yuritadi.
Quyida chorak finalning qolgan juftliklari berilgan:
- Filipp Kolshrayber (Germaniya) — Mate Delich (Xorvatiya)
- Irji Veseli (Chexiya) — Yurgen Melser (Avstriya)
- Ivo Karlovich (Xorvatiya) — Xuan Monako (Argentina)
Izoh (0)