Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida dunyoning 12 davlatidan kelgan 150 nafar sportchi ishtirokida sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Musobaqada o‘zbekistonlik Eduard Shaulov ko‘pkurash bahslarida bronza medal sovrindori bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Eduard Shaulov, shuningdek, alohida turlar bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda kumush va uchta bronza medal sohibi bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Veronika Orlova ham ko‘pkurashda bronza, alohida turlarda bittadan kumush va bronza medal sovrindori bo‘ldi.
Izoh (0)