Bir necha taniqli insonlar, san’atkorlar, dizaynerlar va klipmeykerlarning Cherry nomi bilan olingan suratlari Instagram’dagi Cherry akkauntiga yuklanmoqda. Qiziq, Cherry nima o‘zi!?

Xonanda va aktrisa Lola. Foto: “Muloqot”

Xonanda va aktrisa Lola. Foto: “Muloqot”

Birinchilardan bo‘lib Cherry nomini reklama qilishni xonanda va aktrisa Lola Yo‘ldosheva boshlab bergan edi. Keyinchalik uning o‘zi Cherry’ning Instagram’dagi akkauntida berilgan savollarga javob qaytardi. Shu sababli biz Lola bilan bog‘lanib, Cherry haqida ma’lumot olishni istadik.

Lolaning “Love me” klipi qahramonlari Asal Yo‘ldosheva hamda Shohzamon

Lolaning “Love me” klipi qahramonlari Asal Yo‘ldosheva hamda Shohzamon

Lolaning so‘zlariga ko‘ra, Cherry rostdan ham reklama qilinayotgan mahsulotga tegishli nom. Biroq hozircha bu nom ostida qanday yangilik bo‘lishi sir saqlanmoqda.

Shohruhxon. Foto: “Muloqot”

Shohruhxon. Foto: “Muloqot”

Ba’zi foydalanuvchilar “bu shirinliklar sotadigan kafe bo‘ladi” desa, boshqalar “Lola ulgurji tarzda gilos sotishga kirishgan”, demoqda :)

Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev. Foto: “Muloqot”

Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev. Foto: “Muloqot”

Qiziquvchilar tomonidan “Cherry do‘kon yoki kafe nomimi?” — degan savol berilgan. Lola esa aynan shu savolga aniq javob berishni xohlamagan va Instagram’da “Issiq… Har narsaning o‘z vaqti bor, yangiliklarni kuzating”, deb javob bergan.

Sardor Rahimxon. Foto: “Muloqot”

Sardor Rahimxon. Foto: “Muloqot”

“Bu ham ‘Yaks’ga o‘xshagan kir yuvish kukuni emasmi?”, deb hazil qilganlar ham topildi.

Munisa Rizayeva. Foto: “Muloqot”

Munisa Rizayeva. Foto: “Muloqot”

Klipmeyker Yodgor Nosirov. Foto: “Muloqot”

Klipmeyker Yodgor Nosirov. Foto: “Muloqot”

Xonanda Ziyoda. Foto: “Muloqot”

Xonanda Ziyoda. Foto: “Muloqot”

Qiziq, Cherry nima o‘zi!? Siz nima deb o‘ylaysiz?