Hindistonlik rejissor Rupesh Pol Malayziyaning yo‘qolgan “Boing”i haqida film suratga olish ishlarini 2014-yil kuzida boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda rejissor Kann kinofestivali davomida o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashish vaqtida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda The Hollywood Reporter.
Polning fikricha, film samolyot bilan birga yo‘qolgan odamlarning qarindoshlariga salbiy ta’sir qilmaydi, deb yozadi “Kun”.
“Biz olmoqchi bo‘lgan film – triller, unga qandaydir ahmoqona fikrlarni asos qilib olmaymiz. U yerda hech qanday qurolli hujum yoki o‘zga sayyoraliklar haqida gap-so‘z bo‘lmaydi. Biz ushbu fojia ortidan pul ishlamoqchi emasmiz”, – dedi rejissor.
Malaysia Airlines’ning Boeing 777 samolyoti 8-martga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolgan edi. Bortida 239 nafar kishi bo‘lgan samolyot hozirgi kunga qadar topilgani yo‘q, qidiruv ishlari esa hech qanday samara bermadi.
Izoh (0)