Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koreyaning Samsung kompaniyasi mikrosxemalar bo‘yicha zavodda ishlagan va natijada saraton xastaligiga chalingan kishilarga tovon puli to‘lashga tayyorligini bildirdi. Kompaniya rahbariyati uzoq davom etgan sud mojarolaridan so‘ng birinchi marta  jabr chekkanlar va ularning oilalariga omma oldida uzr bildirdi. Bu haqda Medportal.ru xabar berdi.

Foto: medportal.ru

Foto: medportal.ru

Samsung bosh direktori Kvon O Xen o‘z bayonotida ishchilarning zavodda ishlashi va leykemiyaga chalinishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini tan olmadi. Biroq, kompaniya onkologik kasalliklar natijasida vafot etgan ishchilarining sog‘lig‘iga yetarli darajada e’tibor bera olmaganini e’tirof etdi.

Kompaniya zavodida ishlab, jabrlanganlarning aniq soni haqida xabar berilmayapti, biroq so‘nggi olti yil ichida kompaniya ustidan sudga 40 ga yaqin shikoyat berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar