Poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport saroyida boks bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Sidney Jakson xotirasiga bag‘ishlab 48-bor tashkil etilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltita oltin, yettita kumush va 15 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, to‘qqiz davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonlik bokschilardan oltin medallarga Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Ulug‘bek Haqberdiyev (-75 kg), Otabek Ibragimov (-81 kg) va Rustam To‘laganov (-91 kg) sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)