Bugun, 17-may kuni Ispaniya chempionatining so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin bo‘lib o‘tadi. Chempion nomi ham aynan bugun ma’lum bo‘ladi, deb xabar beradi Uff.uz.
“Barselona” klubi o‘z maydonida “Atletiko” jamoasini qabul qiladi. Kataloniyaliklarni La ligada chempionlikka erishish uchun istalgan hisobdagi g‘alaba qoniqtiradi.
Shunda ular ochkolar soni bo‘yicha “matraschilar“ga yetib oladi. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha esa ularni ortda qoldirgan bo‘ladi. Sababi ushbu jamoalar o‘rtasida kechgan chempionatdagi dastlabki o‘yinda durang natija qayd etilgan edi. “Atletiko”ning vazifasi esa undan ham yengilroq. Diyego Simeone shogirdlari ushbu o‘yinda mag‘lubiyatga uchramasa, bosh sovringa ega bo‘ladi. Ularni durang natija ham qanoatlantiradi.
Shuningdek, so‘nggi turda “Real” o‘z maydonida “Espanyol”ni qabul qiladi. Anchelotti shogirdlari hozirda musobaqa jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda. Ular mavsumni 2-o‘rinda yakunlash imkoniyatiga ega. Buning uchun “Real” “Espanol”ni mag‘lubiyatga uchratishi kerak. Birinchi o‘yinda esa “Barselona” “Atletiko”ga mag‘lub bo‘lsa, kataloniyaliklar “Real” bilan o‘rin almashishga majbur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hamda “Atletiko” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Izoh (0)