Samarqandda tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan ATP-Challenger turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning yakkalik bahslarida hal qiluvchi final uchrashuvida kortga chiqadigan tennischilar nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh sovrin uchun kechadigan bahsda o‘zbekistonlik Farrux Do‘stov kurash olib boradi.
Yarim final uchrashuvida Boi Vesterxof (Gollandiya)ni 6:4, 6:1 hisobida yenggan Farrux finalda rossiyalik Aslan Karatsev bilan bahs yuritadigan bo‘ldi.
Aslan Karatsev yarim finalda Gerald Melser (Avstriya)ni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Bundan tashqari, ushbu xalqaro turnirning juftliklar musobaqasida zafarli odimlab kelayotgan hamyurtlarimiz Shonig‘mat Shofayziyev va Vaja Uzoqov dueti yarim finalda Olive Sharon (Fransiya)/ Filipp Pelivo (Kanada) juftligini 4:6, 6:4, 11:9 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda yurtdoshlarimiz belaruslik Sergey Betov va Aleksandr Buri juftligi bilan bahs yuritadi.
Izoh (0)